Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida doimiy uchrashuvlar oʻtkazib bormoqda

2025-yil 18-noyabr

Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Fargʻona viloyati Yozyovon tumaniga biriktirilgan boʻlib, shtab masʼullari hamda “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan doimiy uchrashuvlar oʻtkazib bormoqda. 

Tuman hokimligida tuzilgan aholini roʻyxatga olish shtabi hamda  “Qorasoqol“ hamda “Yuqori“ MFYlarda oʻtkazilgan uchrashuvlarda muhim tadbirga tayyorgarlik jarayonlari va uni samarali tashkil etish masalalari eʼtibor markazida boʻldi. 

Xususan, ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, jarayonni sifatli tashkil etish, xodimlarning masʼuliyatini oshirish hamda aholini xabardor qilish yuzasidan fikr almashildi.

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini toʻgʻri va aniq olib borish uchun MFY yettiligi aʼzolari oʻqitilganliklari bunda tuman MFYlarining koʻrsatkichlari viloyatda yuqori oʻrinlarda ekanligi eʼtirof etildi.

Jarayonlarda barcha faol boʻlishga chaqirilib, ishlarni toʻgʻri tashkil etishga kelishib olindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 18-noyabr


Ulashish:
Yuklab olish: