Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Kimyo sanoati va taʼlim integratsiyasi mustahkamlanmoqda

2026-yil 2-aprel

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, oliy ta'lim muassasasi rahbariyati bilan muhim uchrashuv oʻtkazdi. 

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot davomida taʼlim dargohi faoliyati, uning nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo miqyosidagi nufuzi alohida taʼkidlandi. 

Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Xususan, Germaniyaning Technical University of Munich, Buyuk Britaniyaning Cranfield University, Gonkong va Pekin universitetlari bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Taʼkidlash joizki, “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Yangi Oʻzbekiston” universiteti oʻrtasida kimyo sohasida kadrlar tayyorlash hamda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” imzolangan. Uchrashuvda ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi ham alohida koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, oliygohning xorijiy professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari uchun ekologik toza yechimlar yuzasidan taqdimotlar o'tkazildi. 

Tashrif doirasida universitet huzurida tashkil etilgan sunʼiy intellekt klasteri, shuningdek, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiya laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Bu kabi hamkorlik ilm va sanoat uygʻunligini taʼminlash, mamlakatning innovatsion rivojlanishda muhim turtki boʻlishi taʼkidlandi.

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 3-aprel


Ulashish:
Yuklab olish: