Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


“Kimyo Girls” respublika olimpiadasining ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

2024-yil 13-mart

Maʼlumki, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida talaba qizlar uchun “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. Kuni kecha olimpiadaning  ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari ham unda ishtirok etib, talabalarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar izhor etdi. 

Ilk bosqich - test sinovlarida muvaffaqiyatli oʻtgan qizlar laboratoriya tajribalari boʻyicha bellashdilar. Eng koʻp ball yigʻgan 15 nafar qiz uchinchi bosqichga yoʻllanma oladi va oʻz loyihasini himoya qiladi. 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2024-yil 9-oktabr


Ulashish:
Yuklab olish: