Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ekologik barqaror yechimlar

2025-yil 14-iyul

Mamlakatimizda kimyo sanoatini barqaror va ekologik yo‘naltirilgan rivojlantirish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilgan holda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda. 

Ana shunday amaliy tashabbuslardan biri “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJdagi shlam to‘plagichlarda yig‘iladigan texnogen suvlarni xlor ionlaridan samarali tozalash loyihasidir.Ushbu loyiha Jamiyatning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar fakulteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta ishlash jarayonlarini samarali tashkil etish va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 14-iyul


Ulashish:
Yuklab olish: