Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


E'lon: Kimyo sohasida magistratura uchun to'liq grant!

2025-yil 23-sentabr

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ magistratura (1 ta o‘rin)  yo‘nalishida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!

  • Barcha xarajatlar qoplanadi (shartnoma, turar joy, aviachipta va stipendiya);
  • Ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish imkoniyati;
  • Xalqaro darajadagi ilmiy tajriba va innovatsion bilimlar;
  • Tashkilot tomonidan kafolatlangan ish o‘rni.

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

  • Hujjatlarni onlayn topshirish uchun:

       https://apply.ust.ac.kr/common/setlocale

  •  Hujjatlarni qabul qilish muddati:

       2025-yil 22-sentabrdan 16-oktabrga qadar

Telefon: (+998) 77 497-11-20
E-mail: empark@krict.re.kr   u.tillabaeva@uks.uz

Bu – kelajagingiz uchun ajoyib imkoniyat! 

 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2025-yil 23-sentabr


Ulashish:
Yuklab olish: