Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Bir kun bir kitob: Said Ahmad "Ufq"

2026-yil 5-mart

“O‘zkimyosanoat” AJ kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir kun — bir kitob” ruknini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu rukn orqali jamiyatning elektron kutubxonasida jamlangan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalarini mutolaa qilishingiz mumkin.

Bugun sizga o‘zbek adabiyotining mashhur yozuvchisi Said Ahmad qalamiga mansub “Ufq” romanini tavsiya qilamiz.

 “Ufq” trilogiyasi XX asr millat hayotining oʻn yillik davri – ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. 
Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu munosabatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, zoʻr ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan

“Ufq” romani o‘quvchini o‘ylantiradi, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.

Kitobni elektron tarzda o'qish uchun: https://t.me/uks_digital_library/622
 

Oxirgi yangilangan vaqti: 2026-yil 10-mart


Ulashish:
Yuklab olish: