Veb-kontentga kirish imkoni

Shrift oʻlchami

Sahifa oʻlchami


Ajdodlarga ehtirom

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz!

2021-yil 28-aprel

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

2022-yil 14-fevral

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida (1483-yil 14-fevral) tug‘ildi.
25-yanvar Oʻlmas Umarbekov tavallud topgan kun

2023-yil 25-yanvar

Respublika radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida bosh muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida direktor, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shu bilan birga Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qoʻmitasining raisi lavozimlarida xizmat qildi. 1989-1991-yillarda esa Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishladi.
Saida Zunnunova hayoti va ijodi

2022-yil 15-fevral

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943-yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi.
22-fevral – Azim Suyun tavallud topgan kun

2023-yil 22-fevral

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma togʻlari etagida joylashgan Quduqcha qishlogʻida tugʻildi. Nakurt qishlogʻida Suyun bobo tarbiyasida oʻsib ulgʻaydi. Yosh Azim choʻpon otasi ortidan yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Ayni shu omil boʻlgʻusi shoirning shakllanishiga taʼsir oʻtkazgan.