Ishlab chiqarish
Oʻzbekiston kimyo sanoati soʻnggi yillarda jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Ushbu sohaning yuragi boʻlgan “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati esa nafaqat ishlab chiqarish va eksport salohiyati, balki innovatsiyalar, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy masʼuliyat sohalarida ham yetakchi tashkilot sifatida faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda tarmoqda 170 dan ziyod turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi.
AJ “Oʻzkimyosanoat” tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan kriogen texnologiyasi, elektroximiya, flotatsiya jarayoni hamda rezina-texnika mahsulotlari, jumladan, avtomobil shinasi, qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun shina va transporter lentalari ishlab chiqarish sohalarida zamonaviy usullar muvaffaqiyatli oʻzlashtirildi.
Bundan tashqari, metilxlorid, quruq sianidlar va uksus kislotasi kabi yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish jarayonida lokalizatsiya qilingan mahsulotlar assortimenti kengayib bormoqda. Soʻnggi yillarda AJ “Oʻzkimyosanoat” tomonidan ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib, natijada 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar oʻzlashtirildi.
Jahon amaliyoti shundan dalolat beradiki, sanoat ishlab chiqarishi atrof-muhit va ekologik holatga maʼlum darajada salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shu bois, kompaniyamizda uglerod izini qisqartirish va ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini minimallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi paytda fosfogips texnogen chiqindilarini qayta ishlash orqali sulfat kislota va sement olish ishlari olib borilmoqda. Bu fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish jarayonini yopiq siklga oʻtkazish va atrof-muhitga boʻlgan ekologik yuklamani sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Kimyo sanoati rivojining keyingi bosqichi yuqori malakali kadrlarsiz mumkin emas. Shu munosabat bilan AJ “Oʻzkimyosanoat” mutaxassislarni tanlash va tayyorlashni amalga oshirmoqda, ularni dunyodagi yetakchi universitetlarga oʻqishga yuborib, kelajak kadrlarini tayyorlash uchun har tomonlama kasbiy rivojlanishini taʼminlamoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoʻnalishiga qarab, ishlab chiqarish quvvatlari quyidagi majmualarga shartli ravishda boʻlinadi:
• murakkab va oddiy mineral oʻgʻitlar hamda noorganik moddalar, shuningdek, togʻ-kon va kimyo sanoati uchun reagentlar ishlab chiqarish;
• organik birikmalar, sintetik tolalar va polimer materiallar ishlab chiqarish;
• kalsinatsiya qilingan soda va boshqalarni ishlab chiqarish.
Jamiyat tarmogʻi boʻylab kimyo mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmi 8,0 mln tonnadan ziyodni tashkil etadi. Shundan 3 mln tonnadan ortigʻi mineral oʻgʻitlar hissasiga toʻgʻri keladi. Ishlab chiqarilayotgan asosiy mahsulotlar quyidagilardan iborat: ammiak, ammiakli selitra, karbamid, ammofos, superfosfat, ammoniy sulfati, NPK oʻgʻitlari; ammiak, nitrat kislotasi, sulfat kislotasi, natriy nitrati, siantuzlari, tiomochevina; kaustik soda, kalsinatsiyalangan soda, metanol, polivinilxlorid (PVX), poliakrilamid va boshqa mahsulotlar.
AJ “Oʻzkimyosanoat” innovatsion yechimlarni joriy etish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, mutaxassislarni tayyorlash va ekologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha ham faol ish olib bormoqda. Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ekologiya
Bugungi kunda kimyo tarmogʻi korxonalarida bir yilda oʻrtacha 3 turdagi chiqindilar hosil boʻladi.
Ular – atmosferaga tashlamalar, qattiq chiqindilar va oqova suvlar.
Ekologiya va "yashil" iqtisodiyot boʻlimi "Uzkimesanoat" AJ tarmoq korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan faoliyat olib boradi. Hususan
- Atmosferaga tashlamalarni qisqartirish;
- Oqova suvlar tashlamalarini qisqartirish;
- Texnik va ichimlik suvlarni iqtisod qilish;
- Chiqindilarni hajmini kamaytirish;
- Hosil boʻlgan chiqindilarni utilizatsiya qilish
- Koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
- Doimiy ravishda chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish boʻyicha ishlar olib boradi, korxonalarni ekologiya sohasida qonunchilik talablariga rioya qilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
Germaniya halqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va nitrat kislotasi chiqindi gazlari bilan bogʻliq iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish guruhi (NACAG) bilan birgalikda N2O azot oksidi gazini kamaytirish loyihalari boʻyicha – loyihalar Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan grant asosida amalga oshiriladi.
Nitrat kislotasi chiqindi gazlari bilan bogʻliq iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish guruhi - NACAG bilan birgalikda azot oksidi N2O gazini kamaytirishga erishiladi.
Xalqaro talablarga integratsiya qilish va issiqxona gazlarini hisobini yuritish boʻyicha Germaniyaning GIZ kompaniyasi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida issiqxona gazlari tashlamalarini tartibga solish va uglerodli soliq mexanizmi (CBAM) boʻyicha muntazam ravishda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Issiqxona gazlari tashlamalarini tartibga solish va uglerodli soliq mexanizmi (CBAM) doirasida xalqaro yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi” va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi bilan hamkorlikda issiqxona gazlarini aniqlash, hisoblash va xatlovdan oʻtkazish boʻyicha yagona (xalqaro yoki respublika miqyosida kuchga ega) qoʻllanma (metodika) ishlab chiqilishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda uning tarmoq korxonalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, mazkur Farmon kuchga kirgan kundan boshlab, jamiyat tarmoq korxonalari tomonidan muntazam ravishda (milliy dastur) qabul qilinib, jami 2,7 mln. dona manzarali va mevali daraxt hamda buta koʻchatlari 235 gektar yerga ekildi.
Sanoat xavfsizligi
“Oʻzkimyosanoat” AJning sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyati noxush hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish choralaridan oldin korxonaning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar va avariyalarning oldini olish choralarini birinchi oʻringa qoʻyishga qaratilgan - xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishda sanoat xavfsizligining barcha talablariga javob berishga intilish.
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” OʻRQ – 57- son Qonuni va “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq tarmoq korxonalarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
- xavfli ishlab chiqarish obyektlarining turini aniqlash va xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mulkiga va atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish maqsadida kimyo korxonalar identifikatsiya qilingan;
- xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini taʼminlash uchun ishlab chiqarishni nazorat qilish xizmatlari tashkil yetilgan;
- korxonalarda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilgan.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ishlab chiqarishni nazorat qilish xizmatlari tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
- tegishli ekspertizalarni oʻtkazish orqali sanoat xavfsizligi holatini tahlil qilish;
- sanoat xavfsizligini oshirish va atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- qonun hujjatlarida va meʼyoriy texnik hujjatlarda belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- avariyalarni oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, avariyalarni lokalizatsiya qilish va ularning oqibatlarini bartaraf yetishga tayyorgarlikni taʼminlash;
- zarur sinovlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish va ishlatiladigan texnik qurilmalarning texnik tekshiruvlari xavfli ishlab chiqarish obyektlarida nazorat oʻlchov vositalarini taʼmirlash va tekshirish;
- ishlab chiqarish tartibini nazorat qilish va unga amal qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
2 oktyabrdagi “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 784-sonli qaroriga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi korxonalar va ekspert tashkilotlar oʻrtasida texnik qurilmalarni (bosim ostidagi idishlar, koʻtarish mexanizmlari, qozon uskunalari, texnologik quvurlar) kompleks tekshirish uchun, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarni qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, saqlash va tugatish boʻyicha loyiha hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi Davlat qoʻmitasining “Kontexnazoratoʻquv” oʻquv markazlarida xavfli ishlab chiqarish obyektlarida band boʻlgan rahbarlar, mutaxassislar va boshqa ishchilarning xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha oʻqitish va bilimlarni sinovdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi siyosat
“Oʻzkimyosanoat” AJ sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatining asosiy maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va ularning oqibatlaridan shaxslar va jamiyatning hayotiy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash deb hisoblaydi.
“Oʻzkimyosanoat” AJning sanoat xavfsizligi sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- noxush hodisalar va avariyalar xavfi minimal boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatadigan korxonalarda sanoat xavfsizligi darajasini taʼminlash;
- xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz ishlashini taʼminlash, noxush hodisalar va avariyalarning oldini olish hamda boʻlinmalarning xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisalar va avariyalar oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishga tayyorligini taʼminlash;
- xavfli ishlab chiqarish obyektlarida noxush hodisalar va avariyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan texnik qurilmalarning ishdan chiqishi yoki shikastlanishini hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi texnik hujjatlar bilan tartibga solinadigan rejimlardan chetga chiqishni olidin olish uchun profilaktik tizimini yaratish orqali xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatadigan korxonalarning barqaror ishlashi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
- xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyalar oqibatida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zararni kamaytirish;
- barcha manfaatdor tomonlar bilan muloqot oʻtkazish va sanoat xavfsizligi sohasida “Oʻzkimyosanoat” AJ koʻrsatkichlarining ochiqligi va erkin foydalana olish imkoniyatini taʼminlash, ushbu koʻrsatkichlar cheklangan maʼlumotlarga yega boʻlgan hollar bundan mustasno.
“Oʻzkimyosanoat” AJ xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq faoliyat natijalarining mumkin boʻlgan salbiy namoyon boʻlishi uchun oʻz masʼuliyatini tushunib, koʻrsatilgan faoliyatni noxush hodisalar va avariyalarsiz amalga oshirish mumkinligiga va amalga oshirilishi lozimligiga ishonch bildiradi.
Fuqaro muhofazasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshligʻi va “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining har yildagi buyruqlariga asosan jamiyat tarmoq korxonalarida fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar yoʻnalishida bir qancha amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
Sanoat xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar va mehnat muhofazasi boʻlimi “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi talablarini bajarishga qaratilgan faoliyat olib boradi, jumladan:
- rahbar va ishchi xodimlarni fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlashga hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ularni barvaqt aniqlashga qaratilgan dasturlar boʻyicha oʻqitish;
- obyekt tezkor xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shayligini taʼminlash hamda nazorat qilish;
- fuqaro muhofazasi tuzilmalari va obyektlar tezkor xizmatlarini favqulodda vaziyatlarga shayligi boʻyicha davriy attestatsiyadan oʻtkazish;
- obyektlarda texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar, avariyalar sodir boʻlganida aholiga xabar berishni avtomatlashtirilgan tizimi shayligini nazorat qilish;
- korxonalar yon atrofida joylashgan aholi, muassasa va tashkilotlar mutaxassislarini obyektda sodir boʻlgan avariya va noxush hodisalarda toʻgʻri harakatlanish qoidalariga korxona fuqaro muhofazasi xizmatlari tomonidan oʻrgatishni tashkillash va nazorat qilish;
- Hukumat komissiyasi tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga va ularni barvaqt aniqlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish;
- doimiy ravishda favqulodda vaziyatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda korxonalarda fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi ustidan doimiy nazorat olib borish.
Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar sohasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar:
- tarmoq korxonalarda fuqaro muhofazasi tuzilmalari koʻrikdan oʻtkazilib, obyekt hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni inobatga olgan holda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlari bilan hamkorlikda 2 ta maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazildi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 17-maydagi Respublikada yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” profilaktika tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 173-son farmoyishi ijrosi yuzasidan tarmoq korxonalarda buyruq va chora tadbirlar ishlab chiqildi, mazkur tadbir doirasida 7 ta amaliy mashqlar va 4 ta seminar oʻtkazildi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga yuklatilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi asosida tarmoq korxonalarda buyruq, harakatlar rejasi va chora-tadbirlar ishlab chiqildi;
- tarmoq korxonalarida Sanoat xavfsizligi, Yongʻin oʻchirish xizmati, korxona rahbar xodimlari hamda tezkor xizmatlari mutaxassislaridan iborat boʻlgan komissiya aʼzolari ishtirokida 85 ta profilaktik tadbirlar oʻtkazilib aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi;
- barcha tarmoq korxonalarda sanoat xavfsizligi sohasida muhandis-texnik xodimlarning bilimlari tizimli ravishda oshirilishi tashkil etilib 78 nafar muhandis-texnik xodimlar “Sanoatkontexoʻquv” DMda va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari qoshidagi Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv marakzlarida 28 nafar rahbar xodimlar oʻqitildi;
- ehtimoliy avariyalar oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorligi yuzasidan avariyalarni bartaraf etish rejalari asosida korxona tezkor xizmatlari ishtirokida tarmoq korxonalarda 55 ta oʻquv amaliy mashqlar va 65 ta nazariy seminarlar oʻtkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan fuqaro muhofazasi sohasida doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda.