2021-yil 2-avgust

“O'zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlari koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirida ishtirok etdi

“O'zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbiri o'tkazildi. Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasi hamda AQShdan keltirilgan “Moderna” vaktsinasidan foydalanildi.

Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlardan biri fuqarolarni koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari hisoblanadi. Bu jarayonda mutaxassislar emlashning afzalliklari, uning inson salomatligi uchun ahamiyati borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 nomli koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) Xitoy-O'zbek vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi. “Moderna” vaktsinasi esa koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan ilk RNK oqsiliga asoslangan vaktsina hisoblanadi.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmat

 

 

 

source:

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati

https://new.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/vakcinaciya-1