2015-yil 8-may

“O'zkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi N. S. Ibragimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi yig'ilishidagi ma'ruzasi

(2015 yil 7 may)

Vazirlar Mahkamasining 09.01.2012 yildagi maxsus qaroriga binoan respublika hududlarida jami 13 ta zaharli kimyoviy vositalar va toksik moddalar ko'mish maxsus poligonlar mavjud bo'lib, shundan 11 tasida konservatsiya ishlari olib boriladi va 2 tasida rekonstruktsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi (Jizzax viloyatida Forish tumani va Xorazm viloyatida Xazarasp tumanida).

Ushbu qarorga asosan konservatsiya qilish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlar, jumladan loyiha ishlab chiqish, uni ekspertizadan o'tkazish, tender savdolarini o'tkazish, qurilish – montaj ishlari va qurilish ishlarini nazorat qilib borish bilan bog'liq barcha harajatlar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan jami 17 mlrd. 500 mln. so'm mablag' ajratildi (shundan 12,0 mlrd. so'm 2015 yilda ajratilgan).

Bugungi kunda konservatsiya qilinadigan 11 ta poligondan Farg'ona viloyati Quva tumanidagi poligonda konservatsiya qilish ishlari yakunlandi, Davlat komissiyasi tomondan qabul qilindi.

Sirdaryo (Mirzaobod tumunida) va Xorazm (Yangiariq tumanida) viliyatlaridagi ob'ektlarda konservatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Yakunlash ishlari joriy yilning iyun oyiga  muljallangan.  

Namangan viloyati bo'yicha To'raqurg'on tumanida joylashgan poligonni konservatsiya qilish bo'yicha loyiha smeta xujjatlarini ekspertiza qilish ishlari yakunlandi, tender savdolari o'tkazildi va xujjatlar rasmiylashtirish ishlari boshlandi. Loyihaning umumiy qiymati – 5 mlrd.500 mln.so'm. bo'lib, qurilish ishlari joriy yil iyun oyida boshlanadi.

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani va Samarkand viloyati Nurobod tumanida joylashgan poligonlar konservatsiya qilinadi. Bu 2 ta ob'ekt bo'yicha loyiha xujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini 2015 yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Konservatsiya qilish ishlarni yakuni 2016 yil oxirigacha bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "2013-2017 yillarda atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi" bo'yicha kompaniya  korxonalari tomonidan  o'tgan 2014 yilda 585,53 mln.so'm va 294,0 ming dollar miqdordagi mablag'lar ajratilgan bo'lib, 23712 dona lyuminitsent lampalari zarasizlantirildi hamda 78 avtotransport vositalari alternativ yoqilg'i turiga o'tkazilib bu bilan 900 tn yoqilg'i moylash materiallarini iqtisod qilishga erishildi.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan 2014 yilda Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarga 832,53 mln.so'm mablag'lar ishlatildi. Jumladan, kimyo korxonalarida mavjud qurilmalarni to'liq remont qilish va yangisiga almashtirish tadbirlari amalga oshirildi.

Farg'onaazotAJ korxonasida atmosfera qatlamini muhofaza qilish tadbirlariga o'tgan yilda 80,0 mln.so'm mablag'lar jalb qilinib, havoga zararli moddalar tashlamalarini 9,1 tonnaga kamaytirildi. Korxonada suv resurslarini himoya qilish va oqava suvlarni tozalash ishlariga 143,2 mln.so'm mablag' ajratilib, 64800 metr kub suvni kam ishlatishga erishildi.

 “Navoiazot” korxonasida o'tgan 2014 yil davomida atmosfera qatlamini muhofaza qilish tadbirlariga 201,88 mln.so'm mablag'lar jalb qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida atmosfera qatlamiga zararli moddalar xajmi 56,81 tonnaga kamaytirildi.

Suv resurslarini himoya qilish va oqava suvlarni tozalash ishlariga korxona 298,40 mln.so'm mablag'larni sarfladi. Bu o'z navbatida zarafshon daryosiga, texnik va yer osti suvlariga tushadigan sanoat oqavalari 940 m kubga kamaytirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabr-dagi PQ-2264 sonli qaroriga asosan eskirgan azot kislotasi va ammiak sexlarini ishlab chiqarishdan olib tashlab, o'rniga zamonaviy ekologik talablarga javob beradigan azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish kuzda tutilgan. Bu obe'ktlar qurilishi yakuni bilan korxonada zararli gazlar ta'siri intensiv o'zgaradi va yaxshilanadi.

Ammofos-Maksam”da belgilangan tadbirlarga ko'ra Olmaliq va Ohangaron hududlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha O'zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda monitoring o'rnatilgan. Bu ishlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Tadbir bajarilishiga 2014 yilda korxona tomonidan 20,0 mln.so'm mablag'lar ajratdi.

Korxonada fosfogips chiqqindisidan 0,2 ga yer maydoni tozalashga 60-62 mln.so'm mablag' sarf qilindi va shuning evaziga Suprefos- NS o'g'itini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilib 130-150 ming tn fosfogips chiqqindisi qayta ishlanmokda.

“Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasi kompaniyada eng yosh va zamonaviy, ekologik toza texnologiyalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida ishlovchi qurilmalar bilan jihozlangan. Korxona xududi va unga tutash xududlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga katta axamiyat qaratib kelinmoqda.

Yangi zamonaviy ishlab chiqarish agregatlari va asbob-uskunalar sotib olinishi nafaqat ishlab chiqarish samara-dorligini oshiribgina qolmay, balki atmosferaga tashalanadigan ishlab chiqarish gazlarini ham kamaytirishga xizmat qiladi.

Kompaniyamiz tizim korxonalari tomonidan 2014 yil davrida atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun to'langan kompensatsiya to'lovlar summasi 137,8 mln so'mni tashkil qildi. Bundan ko'rinib turibdiki hali oldimizda turgan masalarni yechimini topib, zarur chora -tadbirlar dasturi ishlab chiqib va bu ishlarni bajarish uchun jiddiy yondoshgan holda amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud.