«Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov muddati uzaytirilganligi to'g'risida ma'lum qiladi.
2016 yil 28 martdagi Tanlov komissiyasining yig'ilish qarori asosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga Ishlab chiqarish bo'yicha direktor, Moliya bo'yicha direktor, Marketing, sotish va sotib olish bo'yicha direktori nomzodlariga tanlov 2016 yil 24 aprelgacha muddati uzaytirildi va 2016 yil 25-27 aprel kunlari tanlov natijalari yakunlanadi.
Tanlovga O'zbekiston Respublikasi va mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan xorijiy davlatlar fuqarolari taklif etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2016 yil 28 mart ertalab soat 800 dan 2016 yil 24 aprel kech soat 1700 gacha (mahalliy vaqt bilan).
Tanlov o'tkazish mo'ljallangan sana 2016 yilning 25-27 aprel kunlari.
Tanlov o'tkaziladigan joy: Tashkent shahri, Navoi ko'chasi, 38 uy, «O'zkimyosanoat» AJ.
Arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilish 2016 yil 24 aprelgacha dushanba - payshanba kunlari (mahalliy vaqt bilan) soat 1000 dan 1700 gacha, juma kuni 1000 dan 1600 gacha, Navoiy-5, Industrial zona, yangi zavod boshqarmasi 105 kabinetda qabul qilinadi.
aloqa uchun telefonlar(0436) 229-27-24.
Aloqada bo'luvchi shaxs: koorporativ munosabatlar va informatsion resurslar boshqarmasi boshlig'i Karagodina Lyudmila Afanasevna.
Aloqa ma'lumotlari: e-mail: management@navoiyazot.uz
Internet-sayt: navoiyazot.uz
Ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgimuddati
2016 yil 24 aprel (mahalliy vaqt bilan ) soat 17.00.
Hurmat bilan,
«Navoiyazot» AJ boshqaruv raisi
Farmonov H.M.
source:
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati