“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.
Holat yuzasidan tezkorlik bilan axborotlar taqdim etib boriladi.


“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
source:
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati
https://new.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxsam-chirchiq-rasmiy-bayonot-qushimcha-malumot-2