2021-yil 23-sentabr

“Kitobxon xodim” tanlovi

Hurmatli jamiyatimiz ishchi-xodimlari siz kitob o’qishga qiziqasizmi, mutolaa san’ati sizni befarq qoldirmaydimi?

Unda “O‘zkimyosanoat” AJ “Kitobxon xodim” tanlovini e’lon qiladi.

Kimlar uchun: Faqat Jamiyat ishchi-xodimlari uchun.


Tanlov 3 ta shart asosida tashkil etiladi:

1. “Eng ko’p kitob o’qigan xodim” sharti.

Bunda ishtirokchilar o’zlari o’qigan kitoblar ro’yxatini taqdim etishi orqali baholanadi.

2. “Annotasiya mahorati” sharti.

Bunda ishtirokchi tomonidan o’zi taqdim etgan badiiy asarlar ro’yxatidan hakamlar tanlagan asar bo’yicha qisqacha ma’lumotlar – annotasiya beriladi.

3. “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ’ib qilish” sharti.

Bunda ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi.


Gʼoliblarni taqdirlash

 Tanlov gʼoliblari “O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida eʼlon qilinadi va quyidagi tartibda taqdirlanadi:

 1-o‘rin –kitoblar to‘plami, umumiy qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 barobar miqdoriga teng pul mukofoti bilan;

 2-o‘rin – kitoblar to‘plami, umumiy qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 barobar miqdoriga teng pul mukofoti bilan;

 3-o‘rin – kitoblar to‘plami umumiy qiymati, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 barobar miqdoriga teng pul mukofoti bilan.

 Ishtirokchilarining har biri “O‘zkimyosanoat” АJ boshqaruv raisining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.


Arizalarni topshirish muddati: 2021-yil 11-15-oktabr kunlari qabul qilinadi.

Tanlov 19-oktabr kuni o‘tkaziladi.

source:

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati

https://new.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kitobxon-xodim