2025-yil 17-iyul

Toshkent viloyatida “Yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi

Loyihaning maqsadi: Tabiiy gaz oʻrnini bosuvchi ekologik toza xomashyodan yiliga 3 ming tonna yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etishda jahonning eng soʻngi texnologik yutuqlarini qoʻllash. Ushbu loyiha bir vaqtning oʻzida yuqori rentabellikni hamda milliy kimyo sanoatida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda yashil texnologiyalarni keng jalb etishga mustahkam poydevor yaratadi. 
Shu bilan bir qatorda, korxonalar energiya mustaqilligini hamda sanoat jarayonlarining ekologik manfaatlarga mosligni taʼminlaydi. 
Loyihaning qiymati 88 mln dollarni tashkil etadi.
Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:
•    Loyiha quvvati: yiliga 3 ming tn.
•    Mahsulot: Yashil vodorod.
•    Investor: “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni)
•    Yaratiladigan ish oʻrni: 35 nafar.
•    Pudratchi: “Power China Huadong Engineering” (Xitoy)
•    Loyihani amalga oshirish muddati: 2023 – 2025-yillar. 
•    Generatsiya quvvati: 52 Mvt (shamol energiyasi)