Raqamli texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Soha korxonalarida yagona raqamli boshqaruv muhitini yaratish, ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda tahlil qilish va biznes jarayonlarni optimallashtirish maqsadida ilg‘or axborot tizimlari bosqichma-bosqich joriy etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Barcha IT dasturlarni bir joyga yigʻib, moliyaviy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini tahlil qiladigan “Analitik markaz”lar tashkil etildi hamda texnik uskunalar bilan jihozlandi.
“Navoiyazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda “1S” dasturi platformasi asosida moliyaviy rejalashtirish, shartnomalar ijrosi, gʻaznachilik toʻlovlari, xaridlar, savdo operatsiyalari va komplayens nazorati tizimlari raqamlashtirildi.
Mazkur modullarni joriy qilish natijasida quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
Soha maʼlumotlarini jamlash va tahlil qilish maqsadida yaxlit biznes tahlil axborot tizimi (Dashboard) ishlab chiqildi. Mazkur tizimda barcha korxonalarning omborxonalarida mahsulot aylanmasi, kreditor-debitor qarzdorliklari, import va eksport qilingan mahsulotlar, bankda pul aylanmasi, investitsion loyihalar, moliyaviy model, energoresurslar sarfi, soliq qarzdorliklari va ekin ekilish maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlil qilinishi yoʻlga qoʻyildi.
Tarmoq korxonalariga tegishli maʼlumotlarni jamlash va monitoring qilish boʻyicha 21 ta vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya ishlari toʻliq yakunlandi. Maʼlumotlar ishonchliligini oshirish va biznes jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Tovar xom-ashyo birjasi, Elektron kooperatsiya portali, XT-xarid, Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank, Agrobank, OʻzGazTreyd, Transgaz, Hududgaz, Hududiy elektr tarmoqlari, Suvtaʼminot, Temir yoʻllari, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtiruvchi operatorlari hamda kimyo sanoati korxonalarning maʼlumotlar bazalari oʻzaro integratsiyasi yoʻlga qoʻyildi.
Xususan:
Shuningdek, “Fargʻonaazot” AJning 46 ta, “Navoiyazot” AJning 31 ta, “Maksam-Chirchiq” AJning 2 ta, “Ammofos-Maksam” AJning 2 ta, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 2 ta, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJning 3 ta, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKning 2 ta ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (ASUTP) maʼlumotlari Analitik markaz ekranlariga chiqarildi. Barcha ishlab chiqarish sexlarining video kameralari tasvirlarini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi.
Vakolatli omborxonalarning faoliyatini raqamlashtirish maqsadida “Mening omborim” platformasi va mobil uskunalar uchun dasturlari ishlab chiqarildi. Ushbu tizimda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni omborxonalarga yuborilishi, birja savdolari orqali yutib olingan lotlar, real rejimda mahsulot kirimi va chiqimi maʼlumotlarini va zaruriy mahsulotlar miqdorini rejalashtirish imkoniyati shakllantirildi. Omborxona vakillariga hisob varaqalarini avtomatik shakllantirish qulayligi yaratildi. Hozirda mazkur tizim orqali vakolatli omborxonalar tomonidan kuniga 2000 taga yaqin kirim va chiqim amaliyotlari amalga oshirilmoqda.
Korxonalarning tayyor mahsulotlari saqlanayotgan barcha vakolatli omborxonalarning kuzatuv kameralari “Analitik markaz”ga ulanildi.
“Analitik markaz” tizimidagi maʼlumotlar asosida sunʼiy intellekt modellari shakllantirildi, sunʼiy intellekt bilan muloqot uchun chat-bot yaratildi va model training boʻyicha ishlar yakunlanib, tizim toʻliq ishga tushirildi.
“Analitik markaz” tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni vakolatli omborxonalarga yetkazilishi, ulardan birja savdolariga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlar savdosi, xaridorlarga oʻz vaqtida olib ketilishi boʻyicha xabarnomalar yuborish hamda omborlardagi tovar qoldiqlarini oʻzgarishi boʻyicha avtomatik ogohlantirish tizimi joriy qilindi.
Tarmoq korxonalarining moliyaviy holatini va prognozlashtirish imkonini beruvchi “Moliyaviy model” moduli ishga tushirildi.