2025-yil 17-iyul
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi
Aripov Voxid Valiyevich
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
Telefon raqami: +998781407412
Elektron pochta manzili: aripov@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2023-y. - h.v. |
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i |
| 2020-2023 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi |
| 2019-2020 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish boʻlimi boshligʻi |
| 2019-2019 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xodimlarni boshqarish boʻlimi boshligʻi |
Vazifalari
- Jamiyat ijro apparatining rahbar xodimlari va mutaxassislarini, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar nomenklaturasiga kiradigan xodimlarni lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish va ozod qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
- Boʻsh lavozimlarni toʻldirish va xodimlarni tanlash uchun jamiyat mutaxassislarining ishbilarmonlik sifati va boshqa shaxsiy xususiyatlarini tizimli ravishda oʻrganadi, korxonaning rahbarlar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga xodimlarni tanlash, almashtirish, kadrlar zaxirasini yaratish uchun uni yangilash va toʻldirishni nazorat qiladi, tasdiqlangan zaxiradan rahbar kadrlar shakllanishini taʼminlash;
- Lavozimlarga munosib yosh va salohiyatli mutaxassislarni ishga qabul qilish, joylashtirish, ularning imkoniyatlari va ishchanlik sifatlaridan unumli foydalanilishni taʼminlash;
- Jamiyatda kadrlarni joylashtirish va ularning salohiyatidan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
- Attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda, attestatsiya komissiyalarining tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, zarur holllarda mutaxassislarni navbatdagi va takroriy attestatsiyadan oʻtkazilishini, buning uchun talab etiladigan hujjatlarning tayyorlanishini taʼminlash;
- Ijro apparatida hamda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini muvofiqlashtirish;
- Tarmoq korxonalarini rahbar kadrlar, mutaxassislar, talab qilinadigan kasb egalari va malakali kadrlar bilan taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish.