2025-yil 6-iyul

Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti

Abdurazakov Rasuljon Saydulloyevich

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i.

 

Telefon raqami: +998781407463

Elektron pochta manzili: r.abdurazakov@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2025 – -h.v. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muofiqlashtirish departamentining boshligʻi
2020 – 2025 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muofiqlashtirish departamentining bosh mutaxasissi
2019 – 2020 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va texnik rivojlantirish departamentining Oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻlimi bosh mutaxassisi 
2019 – 2019 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamentining Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi (azotli oʻgʻitlar boʻyicha bosh texnolog)
2017 – 2019 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Texnik siyosat, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish  va texnika xavfsizligi bosh boshqarmasi  ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boʻlimi bosh texnologi, bosh mutaxassisi 
2015 – 2017 yy “Fargʻonaazot”  aksiyadorlik  jamiyatining ilmiy-texnik rivojlanish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2012 – 2015 yy “Fargʻonaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati konsentratlanmagan  azot kislotasi sexining  725/1-6 korpusi boshligʻi    
2011 – 2012 yy “Fargʻonaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati konsentratlanmagan  azot kislotasi sexining MCHR loyixasi boʻyicha muxandis-texnologi

 

Vazifalari

  • Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish uchun sanoatning kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Sohaga zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni keng joriy etish, yuqori qoʻshimcha qiymat va kam energiya sarfi bilan talab qilinadigan yuqori sifatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash;
  • Tarmoq korxonalarining barqaror ishlashiga, respublika qishloq xoʻjaligining eʼlon qilingan hajmlari boʻyicha mineral oʻgʻitlar va boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini chuqur tahlil qilish, ulardan yanada samarali va optimal foydalanish hisobiga modernizatsiya va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur boʻlgan qimmatbaho metallarni toʻgʻri sarflash, hisobga olish va saqlashni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, maʼnan va jismonan eskirgan texnologik jihozlarni yangilash boʻyicha chora-tadbilrlarni amalga oshirish orqali yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash;