2025-yil 17-iyul
Moliyaviy resurslarni tahlil qilish va boshqarish departamenti
Namozov Farid Ozodovich
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy resurslarni tahlil qilish va boshqarish departamenti boshlig'i
Telefon raqami: +998781407484
Elektron pochta manzili: f.namozov@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2023-y. - h.v. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Moliya, gʻaznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti boshligʻi, Moliyaviy resurslarni tahlil qilish va boshqarish departamenti boshligʻi |
| 2020-2023 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Moliya, gʻaznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti bosh mutaxassisi |
| 2019-2020 yy. |
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi rejalashtirish va iqtisodiy boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi |
| 2018-2019 yy. |
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati moliya boʻyicha direktori |
| 2017-2018 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish harajatlari tahlili, tannarxni qisqartirish va resurslarni tejash boshqarmasi bosh mutaxassisi |
| 2015-2017 yy. |
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi reja-iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari |
| 2013-2015 yy. |
“Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi reja-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi |
| 2011-2013 yy. |
“Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati 312-sex (taʼmir-qurilish sexi) iqtisodchisi |
| 2010-2011 yy. |
“Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati 201-sex (tiomochevina ishlab chiqarish) iqtisodchisi |
| 2006-2010 yy. |
Navoiy davlat konchilik instituti talabasi |
Vazifalari
- Jamiyatning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash choralarini koʻrish;
- Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish jarayonida barcha turdagi resurslardan maksimal darajada samarali foydalanish hamda maksimal foyda olish uchun kompaniyaning moliyaviy resurslari harakatini boshqaradi va bozor sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish;
- Tasdiqlangan moliyaviy koʻrsatkichlarni Jamiyat tarkibiga kiruvchi boʻysunuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazishni muvofiqlashtirish;
- Sarmoyalarning samaradorligini tahlil qilish va baholash;
- Jamiyat tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan qisqa va uzoq muddatli kreditlash, byudjetdan moliyalashtirish, qimmatli qogʻozlarni chiqarish va sotib olish, qarz mablagʻlarini jalb qilish va oʻz mablagʻlaridan foydalanish manbalarini belgilash;
- Har bir mablagʻ manbasiga nisbatan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xatarlarni baholash va uni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.