2025-yil 17-iyul
Mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni maqbullashtirish bo‘limi
Salomov Abduxomid Ruziyevich
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni maqbullashtirish boʻlimi boshlig‘i
Telefon raqami: +998781407434
Elektron pochta manzili: a.salomov@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2020-y. - h.v. |
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni maqbullashtirish boʻlimi boshlig‘i |
Vazifalari
- Respublikaning talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar importini tahlil qilish asosida Jamiyat tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavjud resurslarni hisobga olgan holda, kimyo sanoati mahsulotlarini mahalliylashtirishning amaldagi va istiqbolli dasturlarini shakllantirish;
- kompaniyalarning (korxonalarning), tashkilotlarning imkoniyatlari va takliflarini oʻrganish asosida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning eng talabgir turlarini ishlab chiqarish sanoat kooperatsiyasiga hamkorlarni keng jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- ilmiy izlanishlar natijalari va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mahalliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish orqali sanoat kooperatsiyasi va mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
- Jamiyat tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yillik sanoat kooperatsiyasi yarmarkasida ishtirokini tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- Jamiyat tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning har yilgi import buyurtma roʻyhatini tahlil qilish va respublikada shunga oʻxshash yoki analogik mahsulotlarni ishlab chiqarivchu mahalliy korxonalarni aniqlash hisobiga import buyurtma roʻyhatidan chiqarib tashlash hamda respublikada mavjud boʻlmagan import mahsulotlarini chet eldan xarid qilish boʻyicha tegishli ichki komissiya bayonnomasini tuzish.