2025-yil 17-iyul
Korporativ munosabatlar boshqarmasi
Raximov Jamoliddin Kamolitdinovich
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i
Telefon raqami: +998781407498
Elektron pochta manzili: j.raximov@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2022-y. - h.v. |
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i |
| 2021–2022 yy |
“Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati korporativ munosabatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari |
| 2020–2021 yy |
“Oʻzkimyosanoat” AJ Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti bosh mutaxassisi |
| 2020–2020 yy |
SP OOO “Uz-PristaRecycling” Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| 2019–2020 yy |
“Oʻzbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar boʻlimi bosh mutaxassisi |
| 2017–2019 yy |
“Oʻzneftmahsulot” AJ Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boʻlimi boshligʻi |
| 2000–2017 yy |
“Oʻzneftmahsulot” AK “Darakchi hisoblash markazi” YOAJda EHM operatori, Mintaqaviy boshqarma Qashqadaryo guruhi bosh iqtisodchisi, Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar boʻlimi bosh iqtisodchisi, boʻlimi boshligʻi, Iqtisodiy tahlil, moliya va qimmatli qogʻozlar boshqarmasi bosh mutaxassisi |
| 1997–2000 yy |
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi |
| 1996–1997 yy |
“KON-M” ishlab chiqarish birlashmasida yetakchi mutaxassisi |
Vazifalari
- Korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Hukumat topshiriqlari, Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi va boshqaruvi qarorlari, Jamiyat boshqaruvi raisining buyruq va farmoyishlari ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini hamda tegishli vazirlik va idoralarga maʼlumotlarning kiritilishini taʼminlash;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi majlislarining oʻtkazilishini tashkil etish va majlis kun tartibini shakllantirish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish, ularni oʻtkazilishini va bayonnomalarini loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirilishini taʼminlash;
- Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlari oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish va umumiy yigʻilish bayonnomalari loyihalarini tayyorlash shuningdek, ularni rasmiylashtirilishini taʼminlash;
- Jamiyat tomonidan emitent sifatida korporativ maʼlumotlar yagona portalida va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirilishi majburiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilinishini taʼminlash;
- Jamiyat aksiyador (ishtirokchi) aksiyadorlik hamda masuʼliyati cheklangan va qoʻshimcha masuʼliyatli jamiyatlarda Kuzatuv kengashi majlislarining va umumiy yigʻilishlarining oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilishini tashkillashtirish.