2025-yil 17-iyul
Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlar faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisi
Rixsiyev Sherzod Rasuljon oʻgʻli
"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlar faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisi boshlig‘i
Telefon raqami: +998781407455
Elektron pochta manzili: sh.rixsiyev@uks.uz
Mehnat faoliyati
| 2024-y-h.v. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlar faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisi rahbari |
| 2022–2024 yy |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamentining yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi |
| 2021–2022 yy |
“Texnopark” MCHJning import va eksport operatsiyalari boʻyicha mutaxassis |
| 2018–2022 yy |
Pekin texnologiya va biznes universiteti (Xitoy) talabasi |
| 2017–2018 yy |
Pekin til va madaniyat universiteti (Xitoy) talabasi |
Vazifalari
- Tarmoqdagi investitsiya faoliyatini istiqbolli rejalashtirish, rivojlantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
- Yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tahlil qilish, asoslash va amalga oshirish mexanizmlarini shakllantirish;
- Ichki va tashqi investorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb etish va ularni samarali oʻzlashtirishni taʼminlash;
- Investitsiya dasturlari, rivojlanish konsepsiyalari va loyiha portfellarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha rahbarlik qilish;
- Tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha monitoring olib borish, tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
- Xalqaro moliya institutlari, banklar, donor tashkilotlar va strategik sheriklar bilan hamkorlikda investitsiya resurslarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
- loyihalar samaradorligini baholash (biznes-reja, moliyaviy modellashtirish, ICHT – ichki chegarali taʼsir va boshqalar asosida);
- hududiy va sohaviy investitsiya salohiyatini baholash, yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
- tegishli davlat organlari bilan investitsiya siyosati va loyihalarni muvofiqlashtirish yuzasidan muloqot va hamkorlikni amalga oshirish;
- Investitsiyaviy xatarlar va xavflarni tahlil qilish, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.