2025-yil 17-iyul

Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti

Yarbekov Ulug'bek Mashrabovich

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti boshlig‘i

 

Telefon raqami: +998781407414

Elektron pochta manzili: u.yarbekov@uks.uz

 

Mehnat faoliyati

2025-y - h.v "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti boshlig‘i
2024–2025 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti boshligʻi oʻrinbosari - Kimyo sanoati yoʻnalishida amalga oshirilayotgan hududiy loyihalarni muvofiqlashtirish loyiha ofisi rahbari
2023-2024 yy “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamenti boshligʻi oʻrinbosari
2020–2023 yy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi direktori vazifasini bajaruvchisi
2019-2020 yy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi direktori vazifasini bajaruvchisi
2019-2019 yy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
2018-2019 yy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatini rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
2018-2018 yy Fargʻona viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ijtimoiy rivojlantirish, demografiya, aholi bandligi va xizmatlar sohasi boʻlimi bosh mutaxassisi
2015–2018 yy Fargʻona shahar “Fergana omad ishonchi” MCHJ bosh hisobchisi
2010–2015 yy Fargʻona shahar Umidbek xususiy firmasi direktori
2005–2007 yy Fargʻona viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi kotibiyati bosh mutaxassisi
2004–2005 yy Fargʻona viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi
1996–2004 yy Fargʻona shahar “Umidbek” xususiy firmasi ish yurituvchisi, firma direktori

 

Vazifalari

  • Tarmoqdagi investitsiya faoliyatini istiqbolli rejalashtirish, rivojlantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
  • Yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tahlil qilish, asoslash va amalga oshirish mexanizmlarini shakllantirish;
  • Ichki va tashqi investorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb etish va ularni samarali oʻzlashtirishni taʼminlash;
  • Investitsiya dasturlari, rivojlanish konsepsiyalari va loyiha portfellarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha rahbarlik qilish;
  • Tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha monitoring olib borish, tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • Xalqaro moliya institutlari, banklar, donor tashkilotlar va strategik sheriklar bilan hamkorlikda investitsiya resurslarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • loyihalar samaradorligini baholash (biznes-reja, moliyaviy modellashtirish, ICHT – ichki chegarali taʼsir va boshqalar asosida);
  • hududiy va sohaviy investitsiya salohiyatini baholash, yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • tegishli davlat organlari bilan investitsiya siyosati va loyihalarni muvofiqlashtirish yuzasidan muloqot va hamkorlikni amalga oshirish;
  • Investitsiyaviy xatarlar va xavflarni tahlil qilish, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.