2025-yil 17-iyul
Ekologiya va "yashil" iqtisodiyot bo‘limi
Mehnat faoliyati
Vazifalari
- Tizim korxonalarida ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- Atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq va chiqindilarni monitoring qilish, tahlil qilish va hisobotlarni shakllantirish;
- Davlat ekologik ekspertizasi, ruxsatnomalar, chiqindilarni joylashtirish va utilizatsiya qilish boʻyicha hujjatlar toʻplash va tartibga solishda ishtirok etish;
- Tizim korxonalarida chiqindisiz texnologiyalarni, energiya tejamkor va ekologik toza ishlab chiqarish usullarini joriy etish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- “Yashil iqtisodiyot” va barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish;
- Favqulodda ekologik holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va zarur choralarni koʻrish;
- Ekologik audit, ichki tekshiruv va baholash ishlarini tashkillashtirish va ularning natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Ekologik yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ekologik forumlar, seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish;
- Xodimlar uchun ekologik xavfsizlik, chiqindilarni boshqarish va resurslardan samarali foydalanish mavzularida treninglar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish;
- Ekologik axborot tizimlarini yuritish, elektron hisobotlarni shakllantirish va raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirish.