2025-yil 19-iyul

Boshqaruv raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi

Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovna

"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi 

 

Telefon raqami: +998781407452

Elektron pochta manzili: s.abduraxmanova@uks.uz

 

 

 

Mehnat faoliyati

2021-y. - h.v. "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi 
2021-2023 yy. Namangan davlat universiteti erkin tadqiqotchisi
2021-2021 yy. Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi
2020-2021 yy. Mingbuloq tumani hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi
2018-2020 yy. Mingbuloq tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
2018-2018 yy. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Mingbuloq tumani boʻlimi rahbari
2015-2018 yy. Mingbuloq tumani “Kelajak ziyo gulshani” nodavlat taʼlim muassasasi direktori
1997-2015 yy. Mingbuloq tumani 13-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi
1992-1997 yy. Namangan davlat universiteti talabasi

 

Vazifalari

  • “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Ishlab chiqilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, buyruqlar va boshqa ichki hujjatlarni davlat tilida toʻgʻri tuzish boʻyicha ishlarni amalga oshirish va nazorat qilish;
  • Tashkilot faoliyatiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning oʻzbek tilida ishlab chiqilishida faol ishtirok etish orqali davlat tilining mukammallashuviga xizmat qilish hamda sohaga oid atamalarni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berish;
  • Xodimlarning davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular oʻrtasida davlat tilini keng targʻib qilish va rivojlantirish, shuningdek, tizimda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar tashkil etish.